Vasiliy Lomachenko mag‘lubiyatni qanday izohladi?

  • 18.10.2020 12:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Ukrainalik Vasiliy Lomachenko engil vazn toifasida yangi WBA, WBO, IBF, WBC Franchise chempioni Teofimo Lopesga qarshi jangda o‘zini mag‘lub bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi.

"Bilmayman, jangning birinchi yarmi teng kurashlar ostida o‘tgandek tuyuldi. Ehtimol, u bir yoki ikki raundda g‘alaba qozongan bo‘lishi mumkin, ammo jangning ikkinchi yarmida men ustunlik qilgandim.

Shubhasiz, jangning ikkinchi yarmini oldim. Uyga qaytib, jangni yana ko‘rib chiqmoqchiman. Shunchaki, hakamlarning qaroriga rozi emasman.

Yutdim, deb o‘ylagan edim, ammo natija... Men promouterim va menejerim bilan gaplashaman va qaror qabul qilaman ", - dedi Lomachenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!