Verner "Liverpul" triosiga raqobatchi sifatida ko‘rilyapti

Bu haqida klub mutasaddilaridan Emil Xeski ma’lumot berdi. Sobiq mersisaydliklar futbolchisining ta’kidlashicha, germaniyalik forvard Klopp jamoasini yanada kuchli qila oladi:

"Liverpul"da ekansan doim raqobatni his qilishing kerak. Hozirda Salah, Firmino, Mane ajoyib o‘ynashmoqda. Men bu yerga kelganimda Fauler va Ouen ham shunday o‘yin namoyish etishar edi. Verner? Nega yo‘q!"

Malumot uchun, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, xuddi shuncha golga mualliflik qildi va 4 ta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!