"Vest Xem" - Konferentsiyalar ligasi g‘olibi!
Konferentsiyalar ligasining final bosqichida "Vest Xem" va "Fiorentina" o‘zaro bahslashdi. Unda londonliklar 2:1 hisobida zafar quchib, turnir g‘olibiga aylandi.
Dastlab, Benraxma penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Vonaventura imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 89-daqiqada Bouen birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasini olding olib chiqdi.
Shu tariqa, "Vest Xem" Konferentsiyalar ligasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar