Viktor Kumikov Muborakdagi durangdan so‘ng nima dedi?

  • 24 sentabr, 2022, 20:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” – “Andijon (0:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

Tecno

- Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo‘limda 4 ta golli vaziyatdan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan keyin esa yutqazishimiz ham mumkin edi. Yaxshiyam to‘p o‘tkazib yubormadik. Bizning asosiy 2 ta markaziy hujumchilarimizda jarohat bor edi. Shuning uchun zaxiramiz ham tor edi, - deydi Viktor Balyutovich.

- Birinchi bo‘limda “Andijon”, ikkinchi bo‘limda esa “Mash’al” yaxshi o‘ynadi. Bunga munosabatingiz?

- Birinchi bo‘limda havo issiq edi. Shuning uchun bu biroz o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tarkibimizga e’tibor qaratinglar, 18 nafar futbolchi. Shulardan bir qanchasi yoshlar. Oxirgi 20 daqiqada tarkibni almashtirib, pozitsiyalarni yangilab olishimiz kerak edi, lekin bunday imkoniyatimiz yo‘q edi. Shu sababli charchab qoldik.

- Bugungi o‘yindagi hakamlik haqida nima deysiz? O‘yin paytida ikki marta e’tiroz bildirdingiz.

- Hakamlik haqida gapirishimiz kerak emas. Hakam boricha boshqarib bordi. Ammo u bizdan ko‘ra yaxshiroq hakamlik qiladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
24/09/2022 21:20
Жуда тугри су'зларингиз Кумиков ога