Vinisius hali hamon "Real" bilan kelisha olmagan

  • 26 iyun, 19:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yulduz hujumchi Vinisius Junior hozircha Madridning "Real" klubi bilan yangi shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgani yo‘q. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar hali barcha shartlarni to‘liq kelishib olmagan va shu bois yangi kelishuvga imzo qo‘yilmagan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, 24 yoshli forvard "Real" tarkibidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Yangi shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Vinisius "qirollik klubi" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunida tugaydi.

Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Juniorning bozor bahosi 170 million evroni tashkil etadi.

Madridliklar yulduz futbolchisini saqlab qolishni istamoqda, ammo kelishuvdagi moliyaviy va shartnomaviy detallar hali to‘liq hal etilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!