Vinisius Ispaniya pasportini oldi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Ispaniya pasportini oldi. Endi u “qaymoqranglilar”ning xorijlik futbolchilar uchun ajratilgan o‘rinni band qilmaydi, deb xabar berdi “Marca”.
22 yoshli braziliyalikning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni payt tomonlar 2027 yilgacha amal qiladigan bitim borasida muzokara olib bormoqda.
Yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, vingerning tovon puli 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda Vinisius Ispaniya chempionatida 4ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘ygan.
Futbolchi Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi va “pentakampeonlar” safida 14 o‘yin o‘tkazkazib, 1 gol muallifiga aylangan.

Fikrlar