
Vinisius Karim Benzemani ikki so‘z bilan ta’rifladi
Madridning “Real” klubida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Vinisius Junior jamoadoshi Karim Benzemani tabrikladi. Frantsiyalik futbolchi kecha UEFA tomonidan o‘tgan mavsumning “eng yaxshi futbolchisi” deb topildi.
"Eng yaxshi", — deb yozgan Vinisius ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berishda Benzema ikki belgiyalik - "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va "Real" darvozaboni Tibo Kurtuani ortda qoldirdi.
O‘tgan mavsumda Karim 46 ta uchrashuvda qatnashib, 44 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U "qaymoqranglilar" bilan birga Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar