Vinisius Modrich haqida: "Xayrlashish naqadar og‘ir tuyg‘udir"

  • 23 may, 12:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Luka Modrich bilan xayrlashdi: 
 
"Xayrlashish naqadar og‘ir, Luka... Afsona bilan bir kiyinish xonasida o‘tkazgan yillarimiz edi bu. Madriddagi tarixingga teng keladigani yo‘q: 13 mavsumda 28 unvon. U nafosat, iste’dod va kamtarlik bilan to‘lib-toshgan, menga mingta so‘zdan ko‘proq narsani o‘rgatdi. 
 
Barcha maslahatlaringiz, o‘yin uslubingiz va xarakteringiz uchun minnatdorman. Futbolingiz haqiqiy san’at edi. Menga ko‘rsatgan munosabatingiz esa bebaho sovg‘a bo‘ldi. 
 
Men sizdan ajoyib to‘p uzatishni o‘rgandim. Lekin eng muhimi, sizdan kundalik oliyjanoblikni o‘rgandim. 
 
Sizni sog‘inib qolaman. Hamma narsa uchun rahmat, maestro. Seni juda qattiq yaxshi ko‘raman"
- deya ta’rif berib o‘tdi braziliyalik yulduz. 
 
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik yarim himoyachi "qirollik klubi"dagi so‘nggi uchrashuvini 24 may kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!