
Vinisius "Real"dagi oxirgi yilini o‘tkazmoqda. Peres undan g‘azablangan
Hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi futbol olamida muhokama qilinayotgan asosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. "RMC Sport" jurnalisti va insayderi Daniel Riolo braziliyalik forvard bu yil "Real"ni tark etishi haqida ma’lumotga ega ekanligini bildirdi.
"Men ishonganim shuki, Vinisius "Real"dagi oxirgi yilini o‘tkazmoqda. Butun "Real" va Florentino Peres uning xarakteridan charchagan. Balki u chempiondir, lekin menimcha, "Real"da qayta qurilish boshlanadi.
Vinisius hammaga yoqmay qoldi. Uning xulq-atvori Ispaniyada hammani g‘azablantirmoqda. Men bilaman, Florentino Peres endi buni ko‘tara olmaydi, bu uni g‘azablantiradi. Unga "Real" futbolchilari bunday o‘zini tutishi yoqmaydi," — dedi Riolo "Defensa Central" nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari Vinisius uchun 200 million evro to‘lashga tayyor ekani ta’kidlanmoqda.
Fikrlar