Vinisius uchun 350 million! "Real" futbolchi borasida bir qarorga kelolmayapti

  • 24.01.2025 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yulduz hujumchi Vinisius Juniorning transferi bo‘yicha taklif oldi."TalkSport" xabar berishicha, Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi Vinisius uchun ulkan summa — 350 million evro taklif qilgan. Biroq, "qirollik klubi" bu taklifni qabul qilishga shoshmayapti.

Shuni ta’kidlash kerakki, 24 yoshli Vinisiusning amaldagi shartnomasida 1 milliard evro miqdoridagi tovon puli bandi belgilangan. Uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

2024/2025 yilgi mavsumda Vinisius Junior 26 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va jamoadoshlariga 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!