Vinisiusga xaridor klublar soni ko‘paydi

  • 31.10.2025 11:12
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorga da’vogar klublar ro‘yxati to‘lishda davom etmoqda.

"Qirollik klubi" braziliyalik yulduz bilan xayrlashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar "el klasiko"dagi mojaroli voqeadan so‘ng tarqaldi. Futbolchi zaxiraga olinishidan jazava bilan munosabat bildirdi, bu esa murabbiy Xabi Alonso va "qaymoqranglilar" rahbariyatini g‘azablantirdi. "OK Diario" xabariga ko‘ra, PSJ va "Bavariya" Vinisius "Real"ni tark etishga qaror qilsa, uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchi uchun Angliya grandlari bilan bahslashishga to‘g‘ri keladi, shuningdek, unga Saudiya Arabistonida hamon talab bor.

"Transfermarkt" portali 25 yoshli Vinisius Juniorning narxini 150 mln evroga baholamoqda. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!