Vinisiusning va’dasi katta transferga to‘siq bo‘lmoqda

  • 22 yanvar, 2024, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Junior agar klub Kilian Mbappeni transfer qilsa, klubdan ketishini aytmoqda.

Tecno

Madridliklar nafaqat Mbappe, balki Erling Xolandni ham transfer qilishni rejalashtirgan. Hozirdan Vinisius Juniorga xaridorlar chiqa boshladi.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari braziliyalik hujumchi uchun 130 million funt to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Biroq bu katta transferning amalga oshishiga Vinisiusning va’dasi to‘sqinlik qilmoqda. U otasiga agar “Real”dan ketadigan bo‘lsa, faqat o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Flamengo”da o‘ynashga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar iste’dodli hujumchini 2018 yili aynan “Flamengo”dan transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!