
Vitaliy Levchenko: "Yovovich jarohat olgandi, tavakkal qilishni xohlamadik"
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Neftchi” (1:4) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.
- Xayrli kech. Uchrashuvni ishonchli tarzda boshladik. O‘yinni nazorat qila oldik. 2 ta to‘p kiritdik, biroz xotirjamlikka berib tashabbusni raqibga berib qo‘ygan edik. Oxirida yana o‘yinimizga qayta oldik. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib olgandik. Xatolarini tushuntirib o‘tdik. Ikkinchi bo‘limni ishonch bilan boshlab, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba uchun xizmat qilishdi. Futbolchilarni va muxlislarimizni tabriklayman.
- “Neftchi”ning asosiy tarkibida rotatsiya bo‘lishi taxmin qilingandi...
- Bizning jamoamiz yangi tashkil topgan. Har bir o‘yinda bir-birlarini tushunib o‘ynashni va sifatni yaxshilashga harakat qilyapmiz. Optimal tarkibni tushirmoqdamiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun harakat qilyapmiz. Bizda ikkita bir xil tarkib mavjud. Mashg‘ulotlarda kim tayyor bo‘lsa o‘shalarni tushiryapmiz. Keyingi o‘yinlarda rotatsiya bo‘lishi mumkin. Yigitlarni holatidan kelib chiqib ish tutmoqdamiz. Hozirda rejamiz o‘z o‘yinimizni bir xil ritmda ushlab turishga harakat qilishdan iborat.
- 15 aprel kuni “Navbahor”ga qarshi maydonga tushasizlar. Bo‘lajak uchrashuvda tarkibda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
- 15-sanagacha hali vaqt bor. Yana takrorlab o‘taman, bizda ikkita bir xil tarkib mavjud. Kimdadir kichik jarohatlar mavjud. Tiklana oladimi, buni vaqt ko‘rsatadi. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha tushadi. Ungacha hali vaqt bor.
- Vladimir Yovovichning hozirgi holati qanday?
- Yovovich oldingi o‘yinda jarohat olgan. Biz tavakkal qilishni xohlamadik. Jarohat doim yoqimli holat emas. Davolandi, tayyor bo‘lishiga maydonga tushiramiz. Agar tayyor bo‘lmasa davolashda davom etamiz.
Fikrlar