Vladimir Klichko: "Jorj Forman o‘z nomini tarixning yorqin sahifalaridan birida qoldirdi"

  • 26 mart, 16:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko 76 yoshida vafot etgan afsonaviy bokschi Jorj Forman haqida gapirdi.

Tecno

"Jorjning vafoti qalbimizda katta bo‘shliq qoldirdi. U boksning barcha noyob qadriyatlarini o‘zida mujassam etgandi. Forman nomini tarixning yorqin sahifalaridan joy egalladi. Biz uni hech qachon unutmaymiz. Oilasi, do‘stlari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildiramiz" - deb yozdi ukrainalik ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq, yana bir afsona Mayk Tayson ham Formanning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!