Vladislav Xan "Sevinch" jamoasiga qaytdi
"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” Vladislav xan 2023 yilgi mavsum so‘ngiga qadar "Sevinch" jamoasini boshqarib boradigan bo‘ldi.
Vladislav Xan 2003/2021 yillarda "Sevinch" klubida murabbiy, bosh murabbiy va menejer sifatida faoliyat yuritgan.
Shu davr mobaynida 13 marta O‘zbekiston chempioni, 10 marta O‘zbekiston Kubogi sohibi, 2 karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi, mini futbol bo‘yicha 14 marta mamlakat chempioni, 10 marta O‘zbekiston Kubogi sohibi. Plyaj (sohil) futboli bo‘yicha etti marta O‘zbekiston chempioni va shuncha marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.
Bir yillik tanaffusdan so‘ng jamoa yana Vladislav Xanga ishonib topshirildi.
Fikrlar