
Vlaxovich Xolanddan kuchli!
Serbiya futbol federatsiyasi prezidenti Nenad Bjekovich serbiyalik Dushan Vlaxovichni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan taqqosladi.
"Vlaxovich Xolanddan kuchli. U yaxshiroq saviyada, deb hisoblayman.
Norveg katta kuchga ega ajoyib forvard. Biroq Dushan ham undan kam emas.
"Yuventus" hujumchisi xilma-xil o‘yin namoyish eta oladi. Uning yashirin ustunligi ham shunda, menimcha", - dedi prezident.
Ma’lumot o‘rnida, Xoland o‘tgan mavsum Bundesliganing 23 o‘yinida 20 gol va 5 assist qayd etgan. Vlaxovich esa A Seriyaning 36 bahsida 24 gol va 5 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar