Vodiy derbisida ustunlik kim tomonda?

  • 27.11.2019 12:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 25-tur doirasidan o‘rin olgan “Andijon” - “Qo‘qon-1912” bahsi bugun Andijon shahridagi “Barkamol avlod” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Vodiy derbisi” oldidan "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ustunlik kim tomonda?

Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionati doirasida 23 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 8 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. 6 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 9 ta bahsda andijonliklar qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati – 41-34 "Andijon" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” jamoasi 30 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Andijon”ning bu boradagi ko‘rsatkichi – 33 ochkoga teng.

Andijonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar

13.08.2016 Andijon - Qo‘qon- 1912 - 0:2

22.08.2015 Andijon - Qo‘qon- 1912 - 1:2

02.08.2003 Andijon - Qo‘qon- 1912 - 1:0

16.11.2002 Andijon - Qo‘qon- 1912 - 5:3

26.10.2000 Andijon - Temiryo‘lchi - 6:2

28.08.1999 Andijon - Temiryo‘lchi - 2:0

25.10.1998 Andijon - Temiryo‘lchi - 3:2

01.07.1995 Navro‘z - Temiryo‘lchi - 3:1

13.04.1994 Navro‘z - Temiryo‘lchi - 1:0

09.04.1993 Navro‘z - Temiryo‘lchi - 2:0

29.04.1992 Navro‘z – Temiryo‘lchi - 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!