"Vulverxempton" "Nyukasl"ning hujumchi bo‘yicha yuborgan ikki taklifini ham rad etdi
"Nyukasl" "Vulverxempton" futbolchisi Yyorgen Strann Larsenni sotib olish uchun ikkinchi urinishni amalga oshirdi. Bu haqda "Express & Star" xabar bermoqda.
"Nyukasl"ning 57,8 million evrolik birinchi taklifi rad etilgandan so‘ng, "qarg‘alar" 63,6 million evrolik yangi taklifni yubordi. "Vulverxempton" yana rad javobini berdi va o‘yinchini o‘z safida saqlab qolishga qat’iy ekanligini ta’kidladi.
Norvegiya milliy terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi o‘tgan yildan beri "Vulverxempton" safida o‘ynamoqda. U Ispaniyaning "Selta" jamoasidan 27 million evroga kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u 41 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar