WBC yo‘nalishida yangi vazn toifasining reytingi e’lon qilindi

  • 09.12.2020 11:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

WBC tashkiloti birinchi og‘ir vazn (90.8 kg) va superog‘ir vazn (+90.8 kg) toifasi oralig‘iga yana bir vaznni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qildi. 

Ushbu vazn 220-224 funt ya’ni, 99.7-101.6 kg limitni o‘z ichiga oladi. +101.6 kg dan yuqorisi esa, superog‘ir vazn toifasi sifatida e’tirof etiladigan bo‘ldi. Ushbu yangi vaznga "Brigerweight”, ya’ni Brijer Uoker nomi berildi. Brijer Uoker yosh bolakay bo‘lib, o‘z singlisini quturgan it hujumidan himoya qilgan va uni qutqarish jarayonida jiddiy jarohat olgandi. Shundan so‘ng, WBC uni maxsus kamar bilan taqdirlagan.

WBA, WBO, IBF esa hali, ushbu vaznni qabul qilishi yoki rad etish bo‘yicha bir qarorga kelmagandi. Qizig‘i, ushbu vazn toifasidagi ilk reyting joriy qilindi. Quyida ushbu reytingdan kimlar o‘rin olganligi bilan tanishishingiz mumkin.

Reyting

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!