WBO chempioni o‘z titulini himoya qiladi

  • 24.11.2020 09:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Cuper o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Billi Jo Sonders o‘z titulini Martin Myurreydan himoya qiladi.

Bu haqda “Matchroom Boxing” promouterlik guruhi xabar bermoqda. Jang 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

31 yoshli Sonders faoliyati mobaynida 29 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan va ularning 14 tasida raqiblarini nokautga uchrata olgandi. 38 yoshli Myurrey esa, 45 ta jangda ringga ko‘tarilib, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan, 5 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan bo‘lsa, 1 bora durang qayd etgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!