Xabi Alonso “Chelsi”ning daxlsiz futbolchilari nomi aytdi
“Chelsi”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Xabi Alonso jamoaning hozirgi tarkibidan besh nafar daxlsiz futbolchini tanlab oldi.
Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis himoyachilardan Ris Jeyms, Mark Kukurelya, Tosin Adarabiyo, shuningdek, yarim himoyachilardan Moyses Kaysedo va Enco Fernandez u amalga oshiradigan loyihaning asosiy figuralari ekanini ma'lum qildi.
Alonso uchun ushbu futbolchilar yetakchi hisoblanadi va jamoaning qolgan qismiga namuna bo‘lishi kerak. Bu ijrochilari bo‘yicha tushadigan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.
2026 yil 17 may kuni Xabi Alonso rasmiy “Chelsi” futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlangani ma'lum bo‘lgan edi.
“Aristokratlar” bayonotida 44 yoshli mutaxassis menejer vazifasini bajarishi, bu esa unga bosh murabbiy lavozimiga nisbatan kengroq vakolatlar berilishini anglatishini ta'kidlangan.

Fikrlar