
Xabi Alonso Modrichning o‘rniga ikkita zo‘r o‘yinchi topib qo‘ydi
“Real”da 2012 yildan beri to‘p tepib kelayotgan Luka Modrich 15 iyun kuni boshlanib, bir oy davom etadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin jamoani tark etishi haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” 39 yoshli pleymeyker o‘rniga ikkita o‘yinchini mo‘ljallab qo‘ygan.
Madridliklar bu pozitsiyaga argentinalik charm to‘p ustalari – “Chelsi” vakili Entso Fernandes va “Bayer” o‘yinchisi Eksekiel Palasiosni olib kelmoqchi. “Real”ni qabul qilib olayotgan Xabi Alonso har ikki futbolchi nomzodini ma’qullagan.
Transfer mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xabi Alonso Leverkuzenda o‘zining qo‘l ostida o‘ynayogan Palasiosning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Biroq agar “Chelsi” Konferentsiyalar ligasi finalida “Betis”ni engolmasa yoki APL yakuniga ko‘ra, Evropa Chempionlar ligasiga chiqolmasa, “Real” mutasaddilarida Fernandesni qo‘lga kiritish imkoniyati sezilarli darajada oshadi.
Fikrlar