Xabi Alonso: "Niko Pas juda to‘g‘ri qadam tashladi"

  • 22.10.2025 15:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasning o‘sishi haqida fikr bildirdi.

"Albatta, Niko o‘tgan yili "Komo"ga o‘tib, juda oqilona qadam tashladi. Albatta, men "Yuventus" — "Komo" uchrashuvini ko‘rdim, jamoa juda yaxshi o‘ynadi, Pas ham shunday", — dedi ispaniyalik murabbiy..

Jurnalist Fabritsio Romano ta’kidlashicha, Niko Pas hali ham "Real"ning yaqin kelajakdagi transfer rejalarida bor.

Joriy mavsumda 21 yoshli argentinalik yarim himoyachi Italiya A Seriyasida 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!