"Xabi Alonso Vinisius bilan vaziyatda juda oqilona yo‘l tutayapti"

  • 31 oktabr, 12:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior "Barselona"ga qarshi o‘yinda almashtirilgandan so‘ng bosh murabbiy Xabi Alonso bilan qo‘l siqishishdan bosh tortgan edi. Keyinchalik braziliyalik futbolchi uzr so‘radi, ammo bayonotida Alonso nomini tilga olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vinisius keyingi mashg‘ulotda jamoa va murabbiy bilan vaziyatni muhokama qilgan.

Tecno

Sobiq darvozabon Santyago Kanisares bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:

"Xabi Alonso o‘z jamoasining Mourino davrida yuz bergan yoki Luis Enrike boshchiligida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatga tushib qolishini istamaydi..

U jamoada nima bo‘layotganini juda yaxshi tushunadi va ommaviy axborot vositalari orqali paydo bo‘ladigan shov-shuvdan qochmoqda — chunki aynan shov-shuv jamoaga eng katta ziyonni etkazadi.

Jamoa tinch va ishonch bilan ishlashi kerak. Bu esa faqat yaxshi natijalar va ortiqcha shovqinsiz muhitda mumkin.

Alonso o‘z qarorlarida qat’iy bo‘ladi, lekin Vinisiusga nisbatan hech qanday imtiyoz yoki qattiq munosabatda bo‘lmaydi. Menimcha, u juda oqilona yo‘l tutyapti, chunki "Real" — gipermedia jamoa", — dedi "Valensiya" va "Real"ning sobiq darvozaboni Santyago Kanisares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!