Xabib-Fergyuson jangining bekor qilinmayotganligining sababi nimada?

  • 30 mart, 2020, 19:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleks Volkanovski engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Men Xabib-Fergyuson jangi nega haligacha bekor qilinmaganligini tushunaman. Chunki UFC mazkur jangni ushbu vaziyatda ham tashkil qilishni xohlaydi. Chunki ular bu borada uzoq vaqt ishlagan.

Ammo barcha ehtiyot choralarini ko‘rsalar ham, mas’ul shaxslar bu xavfni o‘z zimmalariga ololmaydilar. Bunday vaziyatda juda qiyin bo‘ladi.

Ba’zi odamlar bunday jangni shunchaki kulgili, deb aytishadi. Lekin biz oxir-oqibat Toni va Xabibning qanday jang qilishini ko‘rishimiz mumkin! Agar ular sog‘lom bo‘lsa va barcha ehtiyot choralariga rioya qilinsa, keling buni ko‘raylik",-dedi Volkanovski.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!