Xabib Nurmagomedov PFL chempionini tarixdagi eng yaxshi jangchiga aylantirmoqchi!

  • 03.02.2026 14:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC Shon-sharaf zali a'zosi Xabib Nurmagomedov amakivachchasi va hozirda PFL chempioni Usmon Nurmagomedov haqida gapirdi.

"Maqsadimiz Usmonni engil vaznda tarixdagi eng yaxshi jangchiga aylantirish. Bu uchun murabbiyim Xavyer, marhum otam va men nihoyatda ko'p mehnat qilgandik. Hozir ham Mendes va men Usman nafaqat o'z unvonini olti marta himoya qila oladigan chempion, balki tarixdagi eng yaxshi zo'r jangchi bo'lishi uchun kechayu kunduz ishlayapmiz. Uning bu borada ulkan salohiyati bor", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltirdi "Bloody Elbow".

Eslatib o'tamiz, Usmon Nurmagomedov (20-0) 7 fevral kuni "PFL Road to Dubai" turnirida Alfi Devis(17-5-1)ga qarshi oktagonga ko'tariladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!