Xabib Nurmagomedov Rossiyani tark etishi kerak

  • 29.03.2020 13:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

30 mart kunidan boshlab, Rossiyada koronavirus pandemiyasi tufayli avtomobil, temir yo‘l, piyodalar, daryo va aralash nazorat punktlari orqali harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Tegishli qaror Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qabul qilindi. 27 martdan boshlab barcha xalqaro reyslar taqiqlangan.

Bu shuni anglatadiki, engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang bo‘lib o‘tishi uchun bugun mamlakatni tark etishi shart.

Xabib - Fergyuson to‘qnashuvi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Jang qaerda bo‘lib o‘tishi  hali e’lon qilinmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!