Xabib Nurmagomedov Toshkentda jang o‘tkazadi, agarda...
Xabaringiz bor, kecha Toshkentdagi “Forumlar” saroyida GFC 20 turniriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Xabib Nurmagomedov, Abdulmanap Nurmagomedov, GFC promousheni prezidenti hamda jang kechasining markaziy to‘qnashuvi ishtirokchilari Umar Nurmagomedov, Brayan Gonsales, O‘zbekiston MMA terma jamoasi bosh murabbiyi Sunnat Ilyasov va boshqalar ishtirok etishdi.

Anjumanda jurnalistlar Xabib Numagomedovga o‘z janglaringizdan birini "Humo Arena"da o‘tkazgan bo‘larmidingiz? deya savol yo‘lladi. Xabib esa unga quyidagicha javob berdi:
- "Humo Arena" UFC turnirining o‘tkazilishi uchun juda mos tushadi. Misol uchun, Moskvada 11 ming kishini o‘z bag‘riga oladigan TsSKA Arenada jang o‘tkazdik. "Humo" esa jahon standartiga javob beradigan arena va unga 12 ming odam sig‘adi. Shuning uchun, bu erda bemalol yirik jang kechalarini o‘tkazsa bo‘ladi. Agar UFC jangni shu erda o‘tkazilishiga rozi bo‘lsa, albatta, shu erda jang qilaman. O‘zbekiston MMA federatsiyasi bu borada UFC bilan kelisha olsa, men jon deb bu erda oktagonga ko‘tarilgan bo‘lardim. Dog‘istonda bunday saviyadagi arena yo‘q. Shunday ekan Toshkentda jang qilishga qarshi bo‘lmayman, - dedi Xabib Numagomedov.
Fikrlar