Xabib Nurmagomedov Turkiyaga nima uchun borgan edi?
UFC ning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov turkiyalik taniqli oshpaz Burak Ozdemir bilan uchrashish uchun Istanbulga bordi. Burak juda katta hajmdagi taom tayyorlash bilan tanilgan.
Xabib uchun Ozdemir bir nechta taom tayyorladi. Rossiyalik chempion esa, o‘z o‘rnida Burak borasida iliq fikrlar bildirgan.
"Men vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsam, uning videolarini doimiy ravishda ko‘raman",-dedi Xabib.
Eslatib o‘tamiz: Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini 2020 yil bahor oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Fikrlar