Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi PFL da debyut qiladi
UFC afsonasi Xabib Nurmagomedovning jamoadoshi Amru Magomedov PFL promoushenida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. Unga o‘sha oqshom amerikalik Kolton Englund raqiblik qilishi belgilandi.
Mazkur to‘qnashuv 7 fevral kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Amru Magomedov professional MMAda 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Englundning rekordida esa 15 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar