Xalk "Shanxay SIPG"ni tark etdi

  • 7 dekabr, 2020, 21:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumchi Xalk “Shanxay SIPG” klubini tark etdi. U bu haqda o‘zining instagramdagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

“Bugun men “Shanxay SIPG” jamoasi bilan xayrlashdim. U erda meni katta muhabbat bilan kutib olishdi. Ortda qolgan to‘rt yildan so‘ng, meni iliq kutib olgan muxlislarga, rahbariyatga va men bilan birga to‘p surgan futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Biz birgalikda son-sanoqsiz g‘alabalarga erishdik, Superliga va Superkubokni qo‘lga kiritdik. Ammo bizda qiyin damlar ham bo‘lgan va o‘shanda ham biz bir-birimizga ishonganmiz, birdam bo‘lganmiz. Men ketyapman, lekin har doimgidek, bu erda hali ham ko‘p do‘stlarim bor”, - dedi braziliyalik futbolchi.

Xalk “Shanxay SIPG” safiga 2016 yil “Zenit”dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!