Xalk: Xitoy normal hayotga qaytdi

  • 2 may, 2020, 17:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

“Shanxay SIPG” klubi forvardi Xalk koronavirusdan so‘ng Xitoy normal hayotga qaytganini aytdi.

Tecno

“Bugun bu erda hammasi normal hayotga qaytdi deb ayta olamiz. Ammo, biz barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishda davom etishimiz kerak. Agar ko‘chada odamlar gavjum bo‘lsa, siz albatta niqob taqishingiz kerak. Lekin hozir hammasi fevral oyiga nisbatan xotirjam. Hammasi odatiy rejimda ishlayapti, masalan, restoranlar.

Xitoy hukumati juda muhim ishlarni amalga oshirdi. Ular vaziyat ustidan nazoratni qo‘lga kiritishdi. Xudoga shukur, bu ishlar tezda o‘z samarasini berdi.

Umid qilamanki, butun dunyo vaziyatni o‘nglay oladi. Men Xudodan barchaga kuch berishni so‘rayman”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!