Xalqaro chempionlar kubogi. "Inter" Londonda "Tottenxem"ni engdi
Xabaringiz bor mavsumlar oralig‘ida Evropaning grand klublari Xalqaro chempionlar kubogi turnirida ishtirok etishmoqda.
Jumladan, bugun “Tottenxem” “Inter”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinning asosiy bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlangach g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad 3:4 hisobida “neradzurrilar”ga kulib boqdi.
"Tottenxem" Angliya – "Inter" Italiya 1:1, penalti - 3:4
4 avgust, 19.06, «Tottenxem Xotspur Stedium»
Gollar: 1:0 – 3 Lukas Moura, 1:1 – 36 Sensi.
"Tottenxem" – Loris (Gassaniga, 64), Uoker-Piters (Marsh, 80), Sanches (Tanganga, 80), Vertongen (Alderveyreld, 46), Rouz (Georgiu, 80), Sissoko (Eriksen, 46), Ndombele (Uayt, 80), Uinks (Skipp, 64), Lamela (Perrott, 79), Lukas Moura (Nkudu, 79), Keyn (Son Xyn Min, 64).
"Inter" – Xandanovich, de Vrey (Ranokkiya, 84), Shkrinyar (Pirola, 74), D`Ambrozio, Dalbert (Dimarko, 74), Kandreva (Agum, 84), Sensi (Valero, 83), Galyardini (Barella, 46), Brozovich (Joau Mariu, 84), Perishich (Pushkash, 74), Espozito (Politano, 46).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.

Fikrlar