Xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida "Neftchi" "Alay" ustidan g‘alaba qozondi

  • 12.09.2023 20:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" FIFA kunlaridan foydalanib, xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Qirgulidagi "Neftchi" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsida Vitaliy Levchenko shogirdlari qo‘shni Qirg‘iz Respublikasining "Alay" klubini qabul qildilar. Uchrashuvda mezbonlarning gruziyalik hujumchisi Giorgi Nikabadze tomonidan 19-daqiqada kiritilgan yagona goli "Neftchi" ga minimal hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, farg‘onaliklarning navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini 16 sentyabr sanasida "Andijon" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
13/09/2023 08:47
Киргизия да хам футбол борми?