Xames "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda "Everton"ga yordam berolmaydi

  • 26.12.2020 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges yaqin ikki uchrashuvda jamoasiga yordam berolmaydi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 29 yoshli kolumbiyalik futbolchi jarohati sabab "Sheffild" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Xames joriy mavsum APLda jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. “Everton” esa 26 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!