
Xames: "Real"da meni hech kim ko‘rishni xohlamaydi"
"Everton"ning kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodriges "Real"ga qaytishi borasidagi savollarga oydinlik kiritib o‘tdi.
"Kolumbiya chempionatiga qaytishim mumkinmi? To‘g‘risini aytsam, bu mening rejalarimga kirmaydi. Uch-to‘rt yildan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, futbolda barchasi o‘zgarib ketishi mumkin, lekin Kolumbiyaga qaytaman, deb o‘ylamayman. Hozir meni bu qiziqtirmaydi.
"Real"gachi? U erda meni hech kim ko‘rishni xohlamaydi. Bu futbolning bir qismi", - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Rodriges 2014 yil "qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tgandi. Yozda havbek "irislar" bilan "2+1" ko‘rinishida shartnoma imzoladi.
Fikrlar