Xames Rodriges La Ligaga qaytishi mumkin!

  • 23 mart, 2024, 15:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real”ning sobiq yarim himoyachisi va hozirda Braziliyaning "San-Paulu" klubi safida to‘p tepayotgan Xames Rodriges faoliyatini yana Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, kolumbiyalik futbolchining xizmatlariga "Sevilya" va "Betis" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Ikkala klub ham yozgi transferlar oynasida Rodrigesni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. "Transfermarkt" portali  32 yoshli futbolchini 5 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hames o‘tgan yilning iyul oyi oxirida "San-Paulu" safiga borib qo‘shilgandi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!