Xans-Diter Flik: "Barselona" meni butunlay o‘zgartirdi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z ishi haqida fikrlarini bayon qildi. Nemis mutaxassisi "ko‘k-anorranglilar" boshqaruvida ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar Ispaniyada barcha musobaqalarda g‘olib chiqishdi.
"Barselona" meni butunlay o‘zgartirdi. Men bu klubni va u bilan bog‘liq bo‘lgan insonlarni yaxshi ko‘raman. Bizning vazifamiz – futbolchilar rivojlanishi uchun to‘g‘ri muhit yaratish. Men aynan shunga e’tibor qaratganman. Jamoa muxlislarga yanada ko‘proq stadionga kelish va har bir o‘yinni intizorlik bilan kutish uchun sabab beradi", – dedi Flik "Managing Barca" portaliga.

Hozirda "Barselona" La Liga turnir jadvalida etakchi bo‘lib turibdi va Madridning "Real" jamoasidan to‘rt ochko ustunlikka ega.
Fikrlar