Hans-Diter Flik: "Himoyada juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz"

  • 30.01.2026 23:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining himoyadagi oʻyinini tanqid qildi.

— Biz juda koʻp gol oʻtkazib yuboryapmiz, shuning uchun ham shuncha qaytishlarga majbur boʻldik. Bizning ruhiyatimiz — doim oʻzimizga ishonish, ammo ayniqsa oʻyinlar boshida yaxshiroq ishlashimiz kerak. Biz ilk daqiqalardanoq tayyor boʻlishimiz shart, men aynan shuni koʻrishni istayman.

"Barselona" oʻyinlarini tomosha qilish doimo qiziq, ammo biz ulkan salohiyatimizni toʻliq ishga solishimiz kerak va aynan shuni amalga oshirishni rejalashtiryapmiz.

Biz yanada kuchliroq boʻlishimiz, ayrim jihatlar ustida ishlashimiz lozim. Biroq Chempionlar ligasida umumiy bosqichni beshinchi oʻrinda yakunladik. Mavsumni qanday boshlaganimizni va "Chelsi"ga qarshi oʻyinni eslasak, koʻpchilik bizni top-8ga kiradi deb oʻylamagan edi. Ammo biz beshinchi oʻrinda egalladik. Men jamoaga ham shuni aytdim: natijadan mamnunman, lekin yanada yaxshiroq ishlashimiz kerak, — dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!