Xans-Diter Flikning diskvalifikatsiyasi bekor qilinmadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Jirona"ga qarshi (2:1) o‘yinda hakam qarorlaridan norozilik bildirgani uchun ikki sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi. Kataloniyaliklar bu qarorga qarshi apellyatsiya bergan, ammo u rad etildi.
Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasining (RFEF) intizom qo‘mitasi kataloniyaliklarning apellyatsiyasini qabul qilmadi.
"Ikkita sariq kartochkani bekor qilish haqidagi iltimos rad etildi. Shu bois, janob Xans-Diter Flikning maydondan chetlatilishi ortidan belgilangan bir o‘yinlik diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoladi", — deyiladi qo‘mita bayonotida.
Shu tariqa, Flik 26 oktyabr kuni bo‘ladigan "Real"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar