Xarri Keyn APLda 100-golini kiritdi
Londonning “Tottenxem Xotspur” klubi hujumchisi Xarri Keyn Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi kechgan bahsda gol kiritishga erishdi.
Bu gol angliyalik forvardning Premer-liga doirasida kiritgan 100-goli bo‘ldi. Unga buncha gol kiritish uchun 141 ta bahs kerak bo‘ldi.
Faqatgina Alan Shirergina APLda 100 ta gol kiritish uchun Keyndan ham kam vaqt sarflagan – 124 o‘yin.
Fikrlar