Xarri Keyn rekord o‘rnatdi
"Bavariya" forvardi Xarri Keyn Bundesliganing 15-turida "Xaydenxaym"ga qarshi uchrashuvda gol urib, rekord o‘rnatdi.
Gap shundaki, angliyalik hujumchi Bundesligada gol+pas tizimi bo‘yicha 100 ochko to‘pladi. Ushbu natijaga erishish uchun futbolchiga 78ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich 2004/05 yilgi mavsumda statistika yig‘ish boshlanganidan buyon eng yaxshi natijaga aylandi. Bungacha rekord Aren Robbenga tegishli bo‘lib, u buning uchun 100ta o‘yinda maydonga tushgan edi. Keyn 2023 yilning yozida myunxenliklar safiga "Tottenxem"dan kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli strayker joriy mavsum Bundesligada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundan tashqari, Evropa Chempionlar ligasida 6ta bahsda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar