Xarri Keynning orzusi — "Oltin to‘p" sohibi bo‘lish
"Bavariya" forvardi Xarri Keyn "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritish — uning katta orzusi ekanini ta’kidladi.
"Men uchun "Oltin to‘p"ni yutush — juda katta orzu. Aslida bu jamoaviy sovrin, chunki uni odatda Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionati g‘olibining eng yaxshi o‘yinchisi oladi.
Agar buni qo‘lga kiritsam, bu ham individual, ham jamoaviy jihatdan ajoyib natijalarning samarasi bo‘lardi. Bu deyarli ideal mavsum bo‘lardi", — deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn joriy mavsum Bundesliga doirasida 6 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar