Xavi: Agar bu futbolchi "Barsa"ga o‘tsa, Fati va Torresning keragi yo‘q!

  • 27 fevral, 2023, 22:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Atletiko" vingeri Yannik Karraskoga qiziqish bildirmoqda.

El Nacional xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Xavi va direktor Mateu Alemani belgiyalik futbolchining jamoa taktik sxemalariga to‘liq mos tushishiga va qanotda jamoa o‘yinini kuchaytirishiga ishonishmoqda.

Agar 29 yoshli futbolchi yozda kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolasa, “Barsa” rahbariyati Ansu Fati va Ferran Torresni sotishga harakat qiladi.

Avvalroq, «Barselona» hujumchi Memfis Depay uchun «Atletiko» bilan bo‘lgan kelishuvga Karraskoni 15-20 million evroga sotib olish variantini kiritgani xabar qilingandi.

Yannik joriy mavsum La Ligada 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!