Xavi "Barselona" bosh murabbiyi bo‘ladimi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sobiq futbolchisi Xavi klub bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klub bosh direktori Oskar Grau va sport ishlari bo‘yicha direktor Erik Abidal ushbu masala bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi bilan Dohada uchrashdi.

Ayni damda Xavi "Al-Sadd" klubining bosh murabbiyi hisoblanadi. U Kataloniya klubi sharafini 1998-2015 yillar davomida himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, kataloniyaliklar jamoa ustozligiga Ronald Kumanni olib kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!