Xavi jamoasida kimni ko‘rishni xohlayotgani ma’lum

  • 27 fevral, 2022, 14:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" katta sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoa tuzish niyatida. Murabbiylar shtabi yozda himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun rahbariyatdan tajribali mudofaa vakili bilan shartnoma imzolashni so‘rayapti. 

"Catalunya Ràdio" jurnalisti Rikard Torkemada xabariga ko‘ra, "Barsa" bosh murabbiyi Xavi Kulibalini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. 

Futbolchining "Napoli" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. "Ko‘k-anorranglilar" senegallik himoyachini Neapol jamoasi arzonroq summaga sotsagina uning transferini amalga oshirishga urinib ko‘radi. 

Joriy mavsumda 30 yoshli fulbek A Seriyaning 16 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!