Xavi "Manchester Yunayted"dan qaysi yulduzni so‘raganini bilasizmi?
Xavi “Barselona” hujum chizig‘ini “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan kuchaytirishga harakat qilmoqda. Kataloniyaliklar manchesterliklardan Antoni Marsyal bo‘yicha transfer ma’lumotlari va hujumchining narxini so‘ragan.
“Manchester Yunayted” anchadan beri tarkibdagi bir necha futbolchilarni sotib yubormoqchi bo‘lyapti. Ular orasida 25 yoshli Marsyal ham.
Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari kataloniyaliklarning so‘rovini javobsiz qoldirdi. Chunki ular birinchi navbatda bosh murabbiy masalasini hal qilishi kerak. “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan mutaxassisgina Marsyalning jamoadagi o‘rnini beglilab beradi.
Frantsiyalik hujumchi joriy mavsumda 9 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar