
Xavi qadrdonini "Barselona"da olib qolmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsning qaysi klubga o‘tishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
"Diario Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bosh murabbiy Xavi o‘zi uchun qadrdon futbolchisini Kataloniyada olib qolishni niyat qilgan. Buning uchun Serxio maoshi ikki baravarga qisqarishiga rozi bo‘lishi lozim.
34 yoshli futbolchi haligacha kelajagi borasida biror qarorga kelgani yo‘q. U Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng tez orada "Barsa" yig‘iniga qo‘shiladi.
Buskets 2008 yildan beri "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilib keladi. Bu vaqt oralig‘ida u 696 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 gol va 42 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar