
Xavi qimmatbaho o‘yinchidan voz kechdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘ziga to‘g‘ri kelmayotgan futbolchilar bilan xayrlashishda davom etmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis yozda “Lids”dan transfer qilingan braziliyalik Rafinya Diasni sotib yuborilishini so‘rayapti. Kataloniyaliklar 26 yoshli yarim himoyachi uchun Angliya klubiga 58 million evro to‘lagan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes Braziliya terma jamoasi o‘yinchisining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmagan.
Asosan o‘ng qanot hujumchisi sifatida to‘p tepadigan Rafinya Kataloniya klubiga kelganidan beri jami 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va beshta assist qayd etdi.
Fikrlar