Xavi: "Sen bizga keraksan"
"Bavariya" futbolchisi Robert Levandovski yozda Myunxen klubini tark etishi haqida e’lon qilgandi.
Polshalik goleadorning "Barselona"ga o‘tish niyati borligi haqida ko‘plab xabarlar chiqmoqda. Jumladan, Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, Robert Xavi bilan telefonda suhbatlashgan hamda unga "sen bizga keraksan", degan.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Unga "Barselona"dan tashqari PSJ hamda "Chelsi" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar